Yangi gazeta Abdulhamid Choʻlpon Shaharimizda firqa va yoshlar tashkiloti tomonidan o‘zbek tilida haftalik bir gazeta chiqarila boshlandi: matbaada, harflar bilan bosilaturg‘an bu gazetaning ismi “Qizil qlub” bo‘lub, birinchi soni chiqdi. Gazeta hozirga devor gazeti shaklida bir betlik bo‘lib chiqmoqdadir. Matbuotning tugallanishiga urunmoq bilan birga bu gazetani ham yaxshi bir yo‘lg‘a qo‘yub yubormoq mumkindur. Shaharimizda ma’naviy kuch kifoya qiladur. Moddiy jihatni, ayniqsa, matbaa bilan bo‘laturg‘an moddiy aloqani yaxshi va ishonchlik yo‘lg‘a qo‘ymoq kerak. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yangi_gazeta. Downloaded from uzbekai.com.