Bir chimdim bildirish Abdulla Qodiriy Ko‘chada uchragan har bir yelkasi yag‘irning choponini o‘g‘urlab olmoq odatim bo‘lmag‘ani uchun har kimga o‘xshab bekorga kuchana bergim kelmaydir. O‘quvchi o‘rtog‘im, ma’luming bo‘lsinki, man har vaqt saning ko‘nglingga qarab jinnilik qila bermayman; qalam degan narsa ham o‘qlog‘i emas. Ammo otamni partiyaga kirgizib olib uning «ha ber»idan qutulub olsam, undan keyin xursand qilish menim vazifamdir. Hozircha xayr, o‘rtog‘im! — Source: https://wikisource.org/wiki/Bir_chimdim_bildirish. Downloaded from uzbekai.com.