Salomnoma (Abdulla Qodiriy) Abdulla Qodiriy — Otqa qoqqan taqadek, suvdan chiqqan baqadek, bir mirilik chaqadek— ma’orif sho‘rosiga salo-o-om! — O‘zi chetka buqinub, shaxsiyatka to‘qinub, allakimga cho‘qinub — o‘g‘ri ushlaganga salo-o-om! — Ko‘rungan yer oq salla, oq bo‘lsa ham bo‘sh kalla, oqu qora ham malla — Turkiston ulamolariga salo-o-om! — Boshlarig‘a soch qo‘yg‘an, otlarini yosh qo‘yg‘an, fahsh deganni fosh qilg‘an, yana otini yosh qo‘yg‘an — dumsizlarimizga salo-o-om! — Maskov borib kelibon, minglab foyda qilibon, haftada gap yeyibon, tomga karnay qo‘yibon; xalq qayg‘usin yemayin, maktab ochay demayin; ellik-oltmish qo‘y bergan, sakkiz kunlab to‘y bergan — Turkiston savdogarlariga salo-o-om!.. Amma-xolasi havodor, aylanay! Kelin yangasi: Dumbulnisa. — Source: https://wikisource.org/wiki/Salomnoma_%28Abdulla_Qodiriy%29. Downloaded from uzbekai.com.