«Tong sirlari» Abdulla Qodiriy Ba’zi bir o‘rtoqlar Cho‘lponni yig‘loq deb aybsitadilar. Balki haqlari ham bordir, chunki uning: deb hasratlanishi bizning ko‘z o‘ngimizda “yig‘loq” bir shoirni gavdalantiradi. Biroq shoir shu to‘kkan ko‘z yoshlaridan chechaklar o‘stirmoqchi bo‘lmasa edi, biz ham uning muattarrizlari qatoriga kirgan bo‘lur edik. Anqov ta’nachilar shoirni ranjitsa-da, mudavomat qiladilar. Hatto, “Sen – ko‘k shoiri!” deguvchilar ham bo‘lib, chorasiz shoirni ularga o‘z holidan javob berishga majbur qiladilar: Oktyabr o‘zgarishi qora tunimizning tongini otdirdi esa-da, bu mudhish kechaning badnom ko‘lagalari hamon shoirning yuragini titratadilar va ul chor-nochor yig‘laydir… Shu yig‘i orasida barq urib ko‘ringan erk kuyoshi bu ko‘z yoshlardan “chechaklar ungusini” so‘zlaydi. Menimcha, “Tong sirlari”da ko‘ringan ko‘z yoshlarining siri shudir. Shu qisqa jumlada o‘qig‘uvchini bu kungi Cho‘lpon bilan tanishtira olgan bo‘lsam o‘zimni baxtli sanar edim. Julqunboy (Abdulla Qodiriy) — Source: https://wikisource.org/wiki/%C2%ABTong_sirlari%C2%BB. Downloaded from uzbekai.com.