Ado Ado Qomatingdak yo‘qturur ashjor gulistondin biri, Mandak ermas bulbulu qumriyu nolondan biri. Shaq kamonlik mundoq etma zulm etib ey kiprik o‘q O‘tdi ko‘ksumdin qadalmay shunda paykondan biri. Gar sani qotil ko‘zung goh hanjare mujgon budur Bo‘lki bir jon hech qutulmas bo‘lsa ming dondan biri. Noz tamkini xiroming ko‘rmay o‘ldum, ey sanam, Chiqmadi ko‘nglumdim oxir buncha paykondin biri. Bazm oxir bo‘ldiyu maxmurlikdin chiqmading Bizga hargiz yetmadi yuz jom davrondin biri. Banda bo‘lmay naylasin qumri sanga, ey sarv qad Qomatingga yo‘q barobar sarv bo‘stondin biri. Bosh ayoq munqor o‘lubsan nay kabi, ammo na sud Ey Ado, ul moh eshitmas yuz ming afg‘ondin biri. — Source: https://wikisource.org (works of Ado). Downloaded from uzbekai.com.