Och takallum birla lab to‘ti tamannolanmasun... Akmal Piskandiy Och takallum birla lab to‘ti tamannolanmasun Zulfi tarqattiyu mushk bozor ichra savdolanmasun. Sarvi qaddingdin guliston ichra ko‘rsat jilvaye To ko‘rub shamshod ani behuda ra’nolanmasun. May ichib oraz qizartib bog‘a solkim bir nazar Mahv o‘lub nargis ko‘zi gulchehra zebolanmasun. Hola yag‘mo oshkor aylardi la’ling man’ edub Xat chiqarmushdurki, hindu hayli g‘avg‘olanmasun. Aylag‘um o‘z xohishimla jon fido tasdiq etib Qatlima novak chekub hardam qoshin yolanmasun. Noz tig‘in chekma hardam xalq qonin to‘kmaka Ko‘rqaram Akmal mabodo hajr barnolanmasun. — Source: https://wikisource.org/wiki/Och_takallum_birla_lab_to%E2%80%98ti_tamannolanmasun.... Downloaded from uzbekai.com.