Yor ag‘yora shakar xanda ila so‘z qotadur... Akmal Piskandiy Yor ag‘yora shakar xanda ila so‘z qotadur, Rashkdin achchig‘-achchig‘ vah mani qon yig‘latadur. Ko‘zda yoshimni ajab yuzda niqobin ko‘rgach Yoyilur charx uza sayyora quyosh chun botadur. Rashkdan rishtai jonimda shikan uzra shikan G‘olibo sunbuli zulfini sabo butratadur. Ne tong uyg‘otmasa mahshar tongi vasl uyqusidan Ulki tong otqucha yorin quchog‘inda botadur. Bulhavaslar ne barobar bo‘lur ul oshiqa kim Bir boqishda dilu dinini barobar sotadur. Rostkim, rostbin emas ko‘ring ul kaj nazari Rostlig‘ bobida sarvi qadig‘a o‘xshatadur. Hadafi siyna shigof uzra shigof o‘lsa ne tong To muhavvas qoshi novak uzra novak otadur. Ne ravish birla ajal farzonidin meng o‘lmas Bu bisot ustida har shohki, ot o‘ynatadur. Ko‘rmadi ul oyi yuzin Akmal hargiz voh-voh Necha anjum kibi yuz yoshurubon tun qotadur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yor_ag%E2%80%98yora_shakar_xanda_ila_so%E2%80%98z_qotadur.... Downloaded from uzbekai.com.