Amiriy Amiriy Dahnoma Etibon ishqi to’lg’adi iligim, Yangi oy erdi, tutti telbaligim. Dedim – Tur, tengri uchun! Turdi ul oy, Yorutib el ko’zin ul sho’x xudroy. Dedim: — Ey umr o’rarg’a qilma rag’bat, Dedi: — Gar umr o’tar xush, bil g’animat. Dedim: — Turg’ilki, jonim ichra o’qtur, Dedi: — Jong’a borurdin chora yo’qtur. Dedim: — La’ling susag’onlarga boqmas, Dedi: — Usrukka sharbat oncha yoqmas. Dedim: — Tekkaymu sendin tashna suvg’a, Dedi: — Yo’qtur bale ayb orzug’a. Dedim: — Zulfungda bog’liqdur jafolar, Dedi: — Olingda bordur ko’p balolar. Dedim: — Soching xayolidur zararliq, Dedi: — Ul mushk bordur dardisarliq. Dedim: — Ko’zung qarosi dilrabodur, Dedi: — Usrukturu ichi qarodur. Dedim: — Qoshinga elning mayli ortar, Dedi: — Yodur, ko’ngul ul yoni tortar. Dedim: — Xoling erur ofat nishoni, Dedi: — kelturmagil yuzumga oni. Dedim: — Jonimda shavqung g’ulg’uli bor, Dedi: — Har qanda guldur, bulbuli bor. Dedim: — Olg’il meni sen bir qo’lungg’a, Dedi: — Ko’p so’zlama, borg’il yo’lungg’a. Dedim: — Yo’ldur yovuq, kel, bilsa bilmas, Dedi: — Munda yovuqluq qilsa bo’lmas. Dedim: — Turg’il! Ravone surdi otin, Ko’zum ko’rdi boradurg’ach hayotin. Yugurdim ev sori men zoru giryon, Qilib parvonatek o’zumni biryon. Ey, ko’zda yuzung hayrati osori tomosha... Ey, ko’zda yuzung hayrati osori tomosha, Nazzorayi husning guli behori tomosha. Ko’nglum tepishi ayladi savdo elini xush, Devona rur ravnaqi bozori tomosha. Muft o’ldi havas ahlina savdoyi visoling, Bemoya topar sud xaridori tomosha. Ko’nglum qushini zog’laring qildi muzayyan, Shavq etti bu tovusni gulzori tomosha. Mohiyati xurshedni xuffosh na bilsun, Har dila emas mahrami asrori tomosha. Ko’nglumni qilib qasri vafo ishq, Amiriy, Ko’z manzarasin ayladi anvori tomosha. Sharobi noz to bazm ichra ruxsoringni ol etmish... Sharobi noz to bazm ichra ruxsoringni ol etmish, Xijolat bargi gulni poymoli infiol etmish. Ko’tarmas boshini sarvi sihi bori xijolatdin, Xiromi noz to gulshanda ul zebo nihol etmish. Bo’lub Majnun, kiyiklar suhbatini ixtiyor etmon, Meni devonani to vola bir vahshi g’azol etmish. Hazin ko’nglum qushi parvoz etar ko’yung havosida, Uqungdin par chiqorib, har taraf jismina bol etmish. Netay gar jomi Jam birla Skandar ko’zgusi bo’lsa, Bukun dayr ichra soqiy qismatim singan safol etmish. Falak har oy boshinda bir hilolin oshkor aylar, Magar ko’nglum kibi yuz uzra qoshingni xayol etmish. Dema holim ko’rub: «Ne vajhdin betob erur ko’nglung?» Muhabbat dardi oning notavonu bemajol etmish. Tamannoyi sari zulfing tushub boshimg’a hayronman, Junun ko’yida bu savdo meni oshuftahol etmish. Hazar aylangiz, ey ushshoq, ul berahm qotildin, Bukun qish bo’rkini egri qo’yub zebi jamol etmish. Meni jonim olurg’a, ey ajal, ko’p chekmagin zahmat Ki, bir so’z birla la’li manga o’lmoki mahol etmish… Amir olamg’a bersa ishq irshodin tong ermaskim, Muhabbat pirig’a xizmat qilib, kasbi kamol etmish. Vafo to bo’ldi jononimg’a maxsus... Vafo to bo’ldi jononimg’a maxsus, Jafovu javr erur jonimg’a maxsus. Xiromu jilvavu nozu malohat, Erur sarvi xiromonimg’a maxsus. Guliston bo’ldi ko’nglum lola yanglig’, Vafo dog’i gulistonimg’a maxsus. Kecha tong otqucha ko’nglum chekar oh, Erur bu sham’ vayronimg’a maxsus. Ko’ngul konidadur la’ling xayoli, Bu gavhardur Badaxshonimg’a maxsus. G’amingda ishq ranji rohatimdur, Bu darding o’ldi darmonimg’a maxsus. G’ubori to’tiyoyi xoki poying, Bo’lurmu chashmi giryonimg’a maxsus. Kerak shahdin gado holini so’rmoq, Bu davlat keldi sultonimg’a maxsus. Ko’ngul xushtur visol ummidi birla, Bu marham dog’i hijronimg’a maxsus. Shahidi nozi mujgoning erurman, Bu xanjardur mening qonimg’a maxsus. Erurman ishq mulkining Amiri, Junun avboshi darbonimg’a maxsus. Xayoling xayli, ey jonim charog’i... Xayoling xayli, ey jonim charog’i, Turur ko’zumdavu ko’nglumda dog’i. Yuzung ko’rar ko’zumdur, gar raqibing, Ko’ra olmas oni chiqsin qarog’i. Qachon zulfung ko’ngul birlan tuzolgay – Kim, egridur aning boshtin-ayog’i. Fig’onimni rubob olig’a, ey do’st, Ne aytoyin chu eshitmas qulog’i. Ko’zung ko’ngulda ekmas mehr tuxmin, Ajab yo’q, tushmadi ekin yirog’i. Yuzung ko’rar ko’zumdur, gar raqibing Ochilg’il gah-gahe, ey husn bog’i. Amiriy olidin to o’tti ul zulf, Nasimidin mushavvashdur dimog’i. — Source: https://wikisource.org (works of Amiriy). Downloaded from uzbekai.com.