Dahnoma Amiriy Etibon ishqi to’lg’adi iligim, Yangi oy erdi, tutti telbaligim. Dedim – Tur, tengri uchun! Turdi ul oy, Yorutib el ko’zin ul sho’x xudroy. Dedim: — Ey umr o’rarg’a qilma rag’bat, Dedi: — Gar umr o’tar xush, bil g’animat. Dedim: — Turg’ilki, jonim ichra o’qtur, Dedi: — Jong’a borurdin chora yo’qtur. Dedim: — La’ling susag’onlarga boqmas, Dedi: — Usrukka sharbat oncha yoqmas. Dedim: — Tekkaymu sendin tashna suvg’a, Dedi: — Yo’qtur bale ayb orzug’a. Dedim: — Zulfungda bog’liqdur jafolar, Dedi: — Olingda bordur ko’p balolar. Dedim: — Soching xayolidur zararliq, Dedi: — Ul mushk bordur dardisarliq. Dedim: — Ko’zung qarosi dilrabodur, Dedi: — Usrukturu ichi qarodur. Dedim: — Qoshinga elning mayli ortar, Dedi: — Yodur, ko’ngul ul yoni tortar. Dedim: — Xoling erur ofat nishoni, Dedi: — kelturmagil yuzumga oni. Dedim: — Jonimda shavqung g’ulg’uli bor, Dedi: — Har qanda guldur, bulbuli bor. Dedim: — Olg’il meni sen bir qo’lungg’a, Dedi: — Ko’p so’zlama, borg’il yo’lungg’a. Dedim: — Yo’ldur yovuq, kel, bilsa bilmas, Dedi: — Munda yovuqluq qilsa bo’lmas. Dedim: — Turg’il! Ravone surdi otin, Ko’zum ko’rdi boradurg’ach hayotin. Yugurdim ev sori men zoru giryon, Qilib parvonatek o’zumni biryon. — Source: https://wikisource.org/wiki/Dahnoma. Downloaded from uzbekai.com.