Ey, ko’zda yuzung hayrati osori tomosha... Amiriy Ey, ko’zda yuzung hayrati osori tomosha, Nazzorayi husning guli behori tomosha. Ko’nglum tepishi ayladi savdo elini xush, Devona rur ravnaqi bozori tomosha. Muft o’ldi havas ahlina savdoyi visoling, Bemoya topar sud xaridori tomosha. Ko’nglum qushini zog’laring qildi muzayyan, Shavq etti bu tovusni gulzori tomosha. Mohiyati xurshedni xuffosh na bilsun, Har dila emas mahrami asrori tomosha. Ko’nglumni qilib qasri vafo ishq, Amiriy, Ko’z manzarasin ayladi anvori tomosha. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey%2C_ko%E2%80%99zda_yuzung_hayrati_osori_tomosha.... Downloaded from uzbekai.com.