Xayoling xayli, ey jonim charog’i... Amiriy Xayoling xayli, ey jonim charog’i, Turur ko’zumdavu ko’nglumda dog’i. Yuzung ko’rar ko’zumdur, gar raqibing, Ko’ra olmas oni chiqsin qarog’i. Qachon zulfung ko’ngul birlan tuzolgay – Kim, egridur aning boshtin-ayog’i. Fig’onimni rubob olig’a, ey do’st, Ne aytoyin chu eshitmas qulog’i. Ko’zung ko’ngulda ekmas mehr tuxmin, Ajab yo’q, tushmadi ekin yirog’i. Yuzung ko’rar ko’zumdur, gar raqibing Ochilg’il gah-gahe, ey husn bog’i. Amiriy olidin to o’tti ul zulf, Nasimidin mushavvashdur dimog’i. — Source: https://wikisource.org/wiki/Xayoling_xayli%2C_ey_jonim_charog%E2%80%99i.... Downloaded from uzbekai.com.