Ey do‘st, jaholat ahlig‘a oshno bo‘la ko‘rma... Anbar Otin Ey do‘st, jaholat ahlig‘a oshno bo‘la ko‘rma, To kelguncha baxtu saodat shaydo bo‘la ko‘rma Har kimki o‘zin o‘yladi, eldin xabari yo‘q, Ul ablahi bedin ila savdo qila ko‘rma. Ilmeki adab, ishqu muhabbatga yiroqdur, Bilgilki san ul ilmni also bila ko‘rma. Har kim amali el foydasig‘a jori emasdur, Oning yuzini umringda san bir yo‘la ko‘rma. Har mug‘bacha daf cholsa, ayo Anbari xushro‘y, To oshiq emas, ishqida bag‘ring tila ko‘rma. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_do%E2%80%98st%2C_jaholat_ahlig%E2%80%98a_oshno_bo%E2%80%98la_ko%E2%80%98rma.... Downloaded from uzbekai.com.