Ey goʻzal Fargʻona, oʻzinga kel endi shod qil... Anbar Otin Ey go‘zal Farg‘ona, o‘zingni kel emdi, shod qil, Har g‘azalni boshida, sen, o‘z otingni yod qil, Qaydi bandni pora aylab, o‘zlugung ozod qil, Qayg‘ulik qunlarni kuydur, barchasin barbod qil, Emdi Turkistonda haqgo‘ylik ila faryod qil. Bog‘laring pajmurda bo‘ldi zog‘larning poyidin, Ko‘kraging sadpora bo‘ldi daydilarning yoyidin, Katra-qatra qon tomodur o‘q teshkon joyidin, Kip-qizil qonlar oqodur jabr ko‘rgon soyidin, O‘z qo‘ling birla bu yurtingni o‘zing obod qil. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_go%CA%BBzal_Farg%CA%BBona%2C_o%CA%BBzinga_kel_endi_shod_qil.... Downloaded from uzbekai.com.