Ay gul chehralik sarvi ravonim... Atoiy Ay gul chehralik sarvi ravonim, Fido bo’lsun senga jonu ravonim. Sulaymon mulkudur ham Nuh umri Saning bila kechurgan bir zamonim. Agar zulfung uchun chopsang boshimni, Yuz evursam maning bo’ynumg’a qonim. Belingda garchi bir qilcha gumon bor, Vale og’zingda yo’qtur hech gumonim. Jamoling oyatidur husn ichinda, Ne hojat bu mening sharhu bayonim. Bu dog’e kim, qo’yar jonimg’a hajring, Ajab qolg’ay mening nomu nishonim. Yuzung mehrinda jon berdi Atoiy, Demading bir kun: «O’ldi mehribonim». — Source: https://wikisource.org/wiki/Ay_gul_chehralik_sarvi_ravonim.... Downloaded from uzbekai.com.