Jamoling vasfini qildim chamanda... Atoiy Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum, Kishi bilmas anikim, qoldi qanda. Chu jonimdin aziz jonona sensen, Kerakmas jon manga sensiz badanda. Manga ul dunyoda jannat ne hojat, Eshiking tuprog'i basdur kafanda. Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bu kun Ya'qubtek bayt ul-hazanda. Uzun sochingdin uzmasmen ko'ngulni, Oyog'ing qayda bo'lsa, boshim anda. Tilar el mansabi oliy, valekin Atoyi sarvi ozodinga banda. — Source: https://wikisource.org/wiki/Jamoling_vasfini_qildim_chamanda.... Downloaded from uzbekai.com.