Ko‘ngulni olg‘ali zulfung kamandi... Atoiy Ko‘ngulni olg‘ali zulfung kamandi, Parishon bo‘ldi g‘amdin band-bandi. Necha daf’i xumor etmas, ko‘rungkim, Labi la’lingdadur ma’juni qandi. Muloyimdur bo‘yung madhin o‘qurda, Maqomi «Rost» ohanggi balandi, Manga darmon hamin bas buki derlar. Seningdek marhami jon dardmandi, Ne nisbat sarv-la qadding bilankim, Erur ul bog‘bonlarning lavandi. Angakim, ishq holi bo‘ldi g‘olib, Asar qilmas nasihatgo‘y pandi, Atoiy she’rining lutfini bilsa, «Latofatnoma»din kechgay Xo‘jandiy. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%98ngulni_olg%E2%80%98ali_zulfung_kamandi.... Downloaded from uzbekai.com.