Kuyar jonim, netay, dilxoh unutti... Atoiy Kuyar jonim, netay, dilxoh unutti, Ko’ngul ahvolidin ogoh unutti. Falakka yetsa ohim ne ajabkim, Meni ul Zuhra ko’zluk moh unutti. Qani bir mushfiqekim, yod bersa, Gadoyi muxlisin ul shoh unutti. Bu qulg’a bor ekan bis’yor lutfi, Ne kamlik bo’ldikim, nogoh unutti. Ne yo’lsiz keldi mendinkim, munungdek, Azaldan jon ila hamroh unutti. Firoqingda manga tasbih bo’ldi Bu so’zkim: «Oh unuttu, oh unutti!» Atoiy xayma ur mulki adamda, Chu sendin ul buti xirgoh unutti. — Source: https://wikisource.org/wiki/Kuyar_jonim%2C_netay%2C_dilxoh_unutti.... Downloaded from uzbekai.com.