Labing qonim to‘karga tashnalabtur... Atoiy Labing qonim to‘karga tashnalabtur, Dami Iso-yu o‘lturmak ajabtur. Ko‘tarmak boshni mahbub eshikindin Muhabbat bobida tarki adabtur. Meni o‘ltur, vale quvma qoshingdin Kim, enchu qulni quvmoq besababtur. Manga vasling qachon yetsun, bilurmen, Vale oshiq ishi sa’y-u talabtur. Atoiy qulg‘a bir lutf aylamassen, Xulagu o‘g‘li, muncha ne g‘azabtur?! — Source: https://wikisource.org/wiki/Labing_qonim_to%E2%80%98karga_tashnalabtur.... Downloaded from uzbekai.com.