Shaho, bizga nazar qilsang ne bo’ldi... Atoiy Shaho, bizga nazar qilsang ne bo’ldi? Gadoni mu’tabar qisang ne bo’ldi? Ko’ngul yuz poradur gul, g’uncha yanglig’, Sabodek bir guzar qilsang ne bo’ldi? Qaro baxtim bikin hijron kechasin Visolingdin sahar qilsang ne bo’ldi? Boqib usruk ko’zungdin, nosihimni Meningtek bexabar qilsang ne bo’ldi? O’tar ohim o’qi to’quz falaktin, Vafo birla sipar qilsang ne bo’ldi? Baloqqedur raqib, oxir balodin, Xudoy uchun hazar qilsang ne bo’ldi? Keturdi mohazar jonin Atoiy Qabuli mohazar qilsang ne bo’ldi? — Source: https://wikisource.org/wiki/Shaho%2C_bizga_nazar_qilsang_ne_bo%E2%80%99ldi.... Downloaded from uzbekai.com.