Sipehri husn ichinda moh, sen-sen... Atoiy Sipehri husn ichinda moh, sen-sen, Zamona xo‘blarig‘a shoh, sen-sen. Tabassum qilsa la’ling jon bag‘ishlar, Magar Isoyi Ruhulloh, sen-sen. Agar hur-u pari bo‘lsa kerakmas, Manga, ey jon, bu kun dilxoh, sen-sen. Bu oq evda qaro ko‘zlar base bor, Va lekin fitnayi xirgoh, sen-sen. Tiriklik hosili, ey yor, dardi, Gar o‘lsam anda ham hamroh, sen-sen. Ko‘ngul dardig‘a bir darmon qil emdi, Chu jonim dardidin ogoh, sen-sen. Atoiy ul yuzi gul hasratinda, Tikon bag‘rinda rangi koh, sen-sen. — Source: https://wikisource.org/wiki/Sipehri_husn_ichinda_moh%2C_sen-sen.... Downloaded from uzbekai.com.