Xasta ko’nglumdin xayoling bir zamon ketmas, begim... Atoiy Xasta ko’nglumdin xayoling bir zamon ketmas, begim, Nechakim, vasling etakiga qo’lum yetmas, begim. Netayin, darmonda bo’ldum men bu ko’nglum ilkida, Sensizin hech yerda bir lahza qaror etmas, begim. Garchi sen dashnom etarsen, men duochiman senga, Oshiqi sodiq jafodin elini chetmas, begim. Sen meni ta’zim etib qullar soninda tutmag’il, Itlaring xaylinda bo’lsam, ne manga yetmas, begim?! Ta’nadin qovmas Atoiyni eshikindin raqib, Hech gadoy it ursa eshikni qo’yub ketmas, begim. — Source: https://wikisource.org/wiki/Xasta_ko%E2%80%99nglumdin_xayoling_bir_zamon_ketmas%2C_begim.... Downloaded from uzbekai.com.