Yuzungdin gar yiroq solsam nazarni... Atoiy Yuzungdin gar yiroq solsam nazarni, Netarmen ko’zda bu nuri basarni. Labingni qanda ko’rmishkim, uyottin Yeshurdi band ichinda nayshakarni. Seni xurshed o’qug’ondin ajabtur Ki, sulton birla teng der darbadarni. G’arib erur gadoni so’rmoq, ey shoh, So’rarlar jumla olam mu’tabarni. Bo’yun sunsam g’amingga, ayb emaskim, Zabun aylar muhabbat sheri narni. Raqibu zohid ohimdin kuyarlar, Bale, o’t kuydurur har xushku tarni. Atoyi sevdi jondin qomatingni, Sevar haq biym yo’lida rostlarni. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yuzungdin_gar_yiroq_solsam_nazarni.... Downloaded from uzbekai.com.