Avaz Oʻtar Avaz Oʻtar Ag’yor eliga vafo qilursan, ey yor... Ag’yor eliga vafo qilursan, ey yor, Yuz oncha mango jafo qilursan, ey yor. Qahr ila sitamni xanjarini tortib, Yaksar yuragim yaro qilursan, ey yor. Aylasa Ko’nglum agar g’ayri sori mayl-u taqozo aylasa, Kuysun g’am o’tig a, o’zin g’ayrig’a shaydo aylasa. Lol o’lsun-o’q nutqim agar ikki jahon ichra o’zin, Ey sho’x, sandin o’zganing vasfida go’yo aylasa. G’ayri parivash sorig’a rag’bat qilib, ey mahliqo, Ko’z xira bo’lsun gar yuzing ko’rmay tabarro aylasa. Bir umr ko’nglim o’rtonib, armonda bo’lsun, ey pari, Moyil bo’lib kavnayn aro g’ayrig’a parvo aylasa. Benur o’lub chiqsun ko’zum hijroning ichra, ey go’zal, Gar o’zga bir oromijon husnin tamosho aylasa. Kom-u murodin topmasun ikki jahonda har kishi, Gar g’ayrining ishqi bila o’zini rasvo aylasa. Topg’ay edim hazzu farah behadd-u son, man sorig’a Ul dilbari barno, Avaz, bir noma insho aylasa. Behuda qilib turfa alolo, ey shayx... Behuda qilib turfa alolo, ey shayx, Dahr ichra o’zingni qilma rasvo, ey shayx. Qatl ayla o’zingni sidq shamshiri bila, Qilg’uncha riyou hiyla barpo, ey shayx. Bo’lg’ali ko’nglim sanga tokim asiru mubtalo... Bo’lg’ali ko’nglim sanga tokim asiru mubtalo, Shavqu zavqingdin ishim chekmak fig’on subhu maso, Toqatu hushu qaroru sabr o’lur mandin judo, Orazu xolingni birdam ko’rmasam, ey dilrabo, O’yladurmankim, ko’runmas ko’zima oqu qaro. Fikri zulfidin sanga yuzlansa ming savdo, ko’ngul, Rahm qilmas holinga naylay dili xoro, ko’ngul, Qilmayin o’zni bori olam aro rasvo ko’ngul, Boshing ol, ket, o’z payi vaqtingg’a ey, shaydo ko’ngul — Kim, emassan xasta jonning hech dardiga davo. Ko’nglum o’lsa dog’kim, ahbob, ermas besabab, Vasl aro ul yor ag’yori bila ayshu tarab, Rashkdin jonimg’a har dam yuzlanur yuz ming taab, Gar firoq ayyomining bilman hisobin ne ajab, Kim yuzing hajrida kunduz kecha yanglig’dur mango. Bir yo’li rahm aylabon holimg’a, ey mah, qil nazar, G’am hujumi kun-bakundin aylar ahvolim batar, Tushganidin hajr aro boshimg’a ming oshubu shar, Barq emas olamg’a yuz qo’ymishdur ohimdin sharar, Ra’d emas gardung’a chirmonmish fig’onimdin sado. Hodisoti dahrdin topmoq uchun tokim amon, Sarv ila gul soyasida aylabon o’zga makon, No’sh etarsan ayshu ishrat bodasini har zamon, Umr yeldek o’tmasun debsan magar, ey bog’bon, Kim yaqosi choksiz gul butmamish bu bog’ aro. Ayb qilmay man hazin afg’onu zorin, ey nasim, Arz et ul gulga borib holimni borin, ey nasim, Ko’rmaguncha toki oning gul uzorin, ey nasim, Necha oqg’ay ko’z yoshim yetkur g’uborin, ey nasim, Farzi ayn erur yoshorg’on ko’zga solmoq to’tiyo. Ey Avaz, ul sho’xning sun’i samaddur novaki, Har sori otilsa rad qilmoq ne haddur novaki, Berguchi joningg’a hazzi beadaddur novaki, Ey Navoiy, xasta ko’nglungg’a madaddur novaki, Rost andoqkim, zaif elga berur quvvat aso. Dil ishqinga mubtalo bo’lubdur... Dil ishqinga mubtalo bo’lubdur, Ham rasmi vafo ongo bo’lubdur, Oini jafo sango bo’lubdur, Ko’zing ne balo qaro bo’lubdur, Kim jong’a qaro balo bo’lubdur. Kelsa qilay ul sanam liqodin, Ko’nglin uzub ahli bevafodin, Ishqi aro zoru mubtalodin, Begona bo’lubdur oshnodin, Begonag’a oshno bo’lubdur. Bo’lsa, ne tong, ahli dahr qurbon, Kim lab ango misli g’uncha xandon, Oraz dog’i hamchu mohi tobon, Ishq ichra oning fidosi yuz jon, Har jonki ongo fido bo’lubdur. Hijron aro cheksa ko’b jafoni, Demayki jafo, tuman baloni, Fosh aylabon oini vafoni, Baho topar ulki bo’ldi foni, Rahravga fano baqo bo’lubdur Dilduz, base, rivoyati ishq, Jonso’z, Avaz, hikoyati ishq, Bu nav’ durur nihoyati ishq, To tuzdi Navoiy oyati ishq, Ishq ahli ango navo bo’lubdur. Ey kimsa, hamisha qilma izhor tama... Ey kimsa, hamisha qilma izhor tama’, To qilmasun oqibat sani xor tama’. Kaj anglab aning komi dilin, gardundin — Hech aylamagay oqilu hushyor tama’. Ey mah, nega bo’yla mayli ag’yor etding... Ey mah, nega bo’yla mayli ag’yor etding? Furqat g’amig’a mani sazovor etding? G’ayrig’a bo’lub munisi jon, lek mani — Yuz mehnatu dardu ranj ila yor etding? Ey mahvashi labshakaru shahd dudoq... Ey mahvashi labshakaru shahd dudoq, V-ey siym zaqan siym badan, siym saqoq. Ko’rgan kishi gar oshiqing o’lsa, ne ajab? Ovozai husnung bila to’lmish ofoq. Ey qoshi qaro siymbaru ham ko’zlari jallod... Ey qoshi qaro siymbaru ham ko’zlari jallod, V-ey ishq elig’a subhu maso qilg’uchi bedod. Qilg’usi mango javru jafo xayli raqibing, Onlar qo’lidin ushbu nafas kimga qilay dod?! Ey sho’x, mani asiri hijron etding... Ey sho’x, mani asiri hijron etding, Zulfing kibi xotirim parishon etding. Garchi qilibon raqibg’a lutf, vale Javr ila sitam mango farovon etding. Ey sho’x, mujang o’qig’adur ko’ksum hadaf... Ey sho’x, mujang o’qig’adur ko’ksum hadaf, Qasdimg’a alar xayli tuzalar ikki saf. G’amzang o’qig’a maskan o’lur, jono, mudom, Kimning esa ushshoq aro iqbolu sharaf. Ey yuzlari husn avji aro oyu quyosh... Ey yuzlari husn avji aro oyu quyosh, Andin qiladur kasbi ziyo oyu quyosh. Ruxsoring ila shomu kunim ravshan esa, Ne hojat erur, baski, mango oyu quyosh. Faryodima ushbu charxi gardon bois... Faryodima ushbu charxi gardon bois, Ne charxki, bal firoqi jonon bois. Jononni firoqig’a raqibon bois, Topgungdur oni rashqiga ham kon bois. Faryodki, hushim oldi bir moh tal’at... Faryodki, hushim oldi bir moh tal’at, Qattol ko’zu g’amzalari jon ofat. Avvalda yeturdi vaslig’a jahd bila, So’ngra mani qilg’oli asiri furqat. Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim... Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim, Bo’lib qurbon anga ruhi ravonim. Gar o’lsam darbadar mazlumlar uchun, Budur maqsudi qalbi notavonim. Mani solsa fano yo’liga davron, Yurur ustimdin avlodi zamonim. Umidim: yashasin maktab bolasi, Alar har biri bir she’ri jayonim. Na yaxshi o’ylakim, ma’qul-u manzur, Avaz, xalqim uchun to’kulsa qonim. Gar aylasa bir sitam izhor labing... Gar aylasa bir sitam izhor labing, Jon bergusidur o’lukka bisyor labing, Qolg’oymu o’luk jahon aro jon topmay; Isosifat aylaganda guftor labing? Garchi mango jon berdi so’zing, ey ko’zi qiymoch... Garchi mango jon berdi so’zing, ey ko’zi qiymoch Lekin oladur oni ko’zing, ey ko’zi qiymoch. Boshimg’a solursan necha savdo bilan g’avg’o, Ne ofat eding, bilmon, o’zing, ey ko’zi qiymoch? Gulruxlar aro mehru vafo nodiru shoz... Gulruxlar aro mehru vafo nodiru shoz, Juz mehnatu ozoru jafo nodiru shoz. Vasl ayshini ayyomini der ahli xirad, Andoqki gul umriga baqo nodiru shoz. Har kimsa agar raqibdek shumdurur... Har kimsa agar raqibdek shumdurur, Osori tarahhum anda ma’dumdurur. Oshiq kim esa raqibi ko’b dilbarg’a, Albatta, hamisha no’shi zaqqumdurur. Har neki berur tabiati yorima haz... Har neki berur tabiati yorima haz, Ul bergusidur jonu dili zorima haz. El ko’ngli parishon esa zulfidin oni, Uldur mani bas xotiri afgorima haz. Har tilni biluv emdi bani odama jondur... Har tilni biluv emdi bani odama jondur, Til vositai robitai olamiyondur. G‘ayri tilini sa’y qiling bilgani, yoshlar, Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur. Lozim siza har tilni biluv ona tilidek, Bilmakka oni g‘ayrat eting foida kondur. Ilm-u fan uyig‘a yuboringlar bolangizni, Onda o‘qug‘onlar bori yaktoyi zamondur. Zor o‘lmasun onlar dog‘i til bilmay Avazdek, Til bilmaganidan oni bag‘ri to‘la qondur. Ishq urdi base xotiri vayronima o’t... Ishq urdi base xotiri vayronima o’t, Andin tutoshib tushgusidur jonima o’t. Emdi, ne ajab, bo’lsa vujudim kuyubon kul, Kim yetti sarosar tani uryonima o’t. Jonimni olurg’a ko’zu qosh, ey dilbar... Jonimni olurg’a ko’zu qosh, ey dilbar, Bir-biri bila qilur talosh, ey dilbar. Mehr ila muhabbatni ko’rub mandin ko’b, Oyini jafoni qilma fosh, ey dilbar. Jono, boshima tushgali to furqatingiz... Jono, boshima tushgali to furqatingiz, O’lturgusidur orzui vuslatingiz. G’ayrini ko’ziga bergusi nuru safo, Shom ila sahar nuri mah tal’atingiz. Kim ersa agar jahon aro himmatlig... Kim ersa agar jahon aro himmatlig’, Bil oni hamisha baxtlig’u davlatlig’. Himmatli kishi topib murod o’lsa dog’i, Hotam kibi doim o’lg’usi shuhratlig’. Ko’rmaklik oni diydai hayrong’a tama... Ko’rmaklik oni diydai hayrong’a tama’, So’rmoq labi shahdini jong’a tama’. Nozik belini quchmoq o’lub shomu sabah, Afgor base qalbi parishong’a tama’. Majlis aro nag’masaro, ey hofiz... Majlis aro nag’masaro, ey hofiz, To qilg’oli ohangi navo, ey hofiz. Ko’nglumni xush aylading base soz aylab, Bo’lg’ay bori maqsuding ravo, ey hofiz. Maktab Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab, O‘qusin yoshlarimiz ko‘nglini shod etgusi maktab. Dil-u jon birla el maktab ocharga ijtihod etsin, Nedinkim, bizni g‘am qaydidin ozod etgusi maktab. Ko‘ngullarning sururi, dog‘i ko‘zlar nuridur farzand, Alaming umrini, albatta obod etgusi maktab. Ota birla onaga farz o‘qitmoq bizni majburiy – Ki bizni yaxshiliq qilmoqqa mu’tod etgusi maktab. Qayu millatga bizdek gar nasimi inqiroz yetsa, Anga, albatta, mustahkamlik ijod etgusi maktab. Bu ne navmidlikdur, maktab ochsak, oqibat bizni, Aro‘si kom ila maqsudga domod etgusi maktab. Avaz, himmatni qil oliy ocharg‘a emdi maktabkim, Baloyi jahl-u nodonlikni barbod etgusi maktab. Masjidg’a kirib subhu maso, ey zohid... Masjidg’a kirib subhu maso, ey zohid, Hosil sango ermas ersa kom, ey zohid. Dayr ichra hamisha kirgil ixlos bila, Rind ahli bila ichgali jom, ey zohid. Nigorim ketgali aylar bahona... Nigorim ketgali aylar bahona, G’am o’qig’a mani aylar nishona. Dedim: «Qilg’il hadaf man notavonni Otarda novak ul abru kamona». Nuzul etgusi har dam charxi dundin Boshimg’a fitna xayli bekarona. Netongkim, bandasi gar bo’lsa Zuhra, Rubobu chang ila qilg’ach tarona. Ochib husnidin olam rang-barang gul, Fig’onim qilg’usidur bulbulona. Agarchi husn aro ma’shuqi olam, Vale majlis tuzarda oshiqona. Qetarman deb raqibi shum sori Ko’zimning qildi qon yoshin ravona. Pari erdimu bilmon ul dilorom, Ki ko’zdin lahzada bo’ldi nihona. Savor o’lg’on chog’i noz ashhabig’a, Ko’zimdin ashk to’kdim dona-dona. Nechuk zor o’lmayin man benavokim, Ul o’lsa xo’blar ichra yagona. Avaz, gar dod qilsam, ne ajabkim Bo’lubdur munqalib ahli zamona. Oqil esang, ey birodar, ichgil qadoh... Oqil esang, ey birodar, ichgil qadoh, Kim bergusi ul joningga ko’b rohati roh. G’am daf’ini qilmoq tilasang shomu saharda Kir dayr ichiga olib bir ilkinga suroh. Oy husningga, ey yori diloro, muhtoj... Oy husningga, ey yori diloro, muhtoj, Mushkin sochingga anbari soro muhtoj. Muhtoj sani ko’rgali bo’lsam, ne ajabkim, Vaslingga jahon eli saropo muhtoj. Qilg’um bukun ul g’uncha dahon birla zido... Qilg’um bukun ul g’uncha dahon birla zido’, Ul nav’ki tan qilg’usi jon birla vido’. Tong yo’qki ketarda yig’lasam ko’yidin, Kim qilg’aman ul sho’xi jahon birla vido’. Qilmushmu bu lahza mayli ag’yor, ul sho’x... Qilmushmu bu lahza mayli ag’yor, ul sho’x, Bag’rimni qilurg’a yaksar afgor, ul sho’x? G’ayrig’a qilib hamisha shafqat, lekin — Bergusi man hazing’a ozor, ul sho’x. Qosh ila ko’zi olg’usidur jon ikkilab... Qosh ila ko’zi olg’usidur jon ikkilab , Jon bermak ishin qilsa namoyon ikki lab. Yuz murda yong’idin bo’lur ehyo shaksiz, Ming ishva bila gar ochsa jonon ikki lab. Qo’yar hayratda mani, lutf ila holim so’rushing... Qo’yar hayratda mani, lutf ila holim so’rushing, Tani ‘bemorim aro shavq o’tini yondurushing, Turfaroq nozu adolar bila bo’yning burushing, Jong’a orom berur jonda alifdek turushing, Ko’nglum oromin olur ruhi ravondek yurushing. Chun kelibsan bu kecha zohir etib rasmi vafo, Ne bo’lur soati orom gar etsang, jono, Ki erur mug’t(d)anam ichmak qadahi ruh fizo, Beradur bazmima firdavs kabi fayzu safo, Yuz latofat bila gul xirmanidek o’lturushing. Aytgil hijroning aro dardima nedur chora, Rahm etib holima, ey qosh ila ko’zi qora, Ki tamannoyi visoling bila ko’ksum yora, Qiyibon pardai jonnm qiladur yuz pora, Lahza-lahza boqibon ko’z uchidin qiymurushing. Ne ajab vasl aro ul sandin o’kush o’rguladur, Ki firoqinda anga, vah, ne balo g’am keladur, Har qachon la’li labing nukta sori ochiladur, Tanima jon beradur, balki tanim jon qiladur, La’li jonbaxshing ochib lutf ila nukta surushing. Lablaring lazzat aro shahd ila shakkar bu esa, Qomating bog’i nazokatda chu ar’ar bu esa, Zulfi shabrangging ila xatti muanbar bu esa, Sunmayin sabrg’a qolg’aymu bo’yun gar bu esa, Kulahing nozu ado go’shasini sindurushing. Qo’yung ushbu yo’l aro gomingiz, ey jon ko’ngul, Avaz oso gum etib nomingiz, ey jon ko’ngul, Ketmagay behuda olomingiz, ey jon ko’ngul, Ne’mati maqsad esa komingiz, ey jon ko’ngul, Xoni husniga boqib Ogahiydek telmurushing. Ruxsori guling uzra xaydin chu gulob etding... Ruxsori guling uzra xaydin chu gulob etding, G’ayri sori bormoqg’a shab-ro’z shitob etding, Paydo tani zorimda turluk tabu tobu tob etding, Ishqingda mani, dilbar, holimni xarob etding, Bir so’rmading ahvolim, bag’rimni kabob etding. Sarmastii sahboi gulgun qiliboi o’zni, Gah oni xumoridin qad nun kilibon o’zni, Hijroning aro tun-kun vojun qilibon o’zni, Ishqing tushali boshg’a Majnun qilibon o’zni, Sahroi firoq ichra jismimni turob etding. Husningga jahon ichra to bo’lgoli man shaydo, Dardu alamu zulming chekmakda edim tanho, Olomu sitam tortib furqat aro, ey barno, Vasling mayig’a tashna erdim tunu kun ammo, Lab xushk qilib oxiri, chashmimni purob etding. Hajring boshima tushgach, ey la’li labi gulgun, Bori alam ostida qaddim dog’i bo’lmish nun, Ne aybki, bor asru iqbol manga vojun, Arzimni desam har gah ollingda mani mahzun, Qahr ila boqib ul dam noz ila itob etding. Sansiz bo’lubon yaksar hasrat bila bag’rim xun, Bo’lg’usi ko’zum yoshi andoqki ravon Jayhun. Har lahza g’amu anduh boshimda bo’lub afzun, Hajr o’tig’a kul bo’ldum rahm aylamading bir kun, Ag’yor elini lekin oshiqdin hisob etding. Bir san kibi siyminbar olam arodur noyob, Mushtoqing erur asru gar bo’lsa ko’zum pur ob, Hajringda bo’lub doim jon ila dilim betob, Ko’nglum bo’lur oshufta, jismim bo’lubon purtob, Ul vaqti ochib zulfing, bu vaqtga tob etding. Yoring, Avazo, bu dam yo aylagusi bozi, Qalbini magar oning ozdurg’usi g’ammozi, Qilgusi tag’ofil ko’b chashmini fusunsozi, Lutf ila nazar solmay nazmingg’a ul oy G’oziy, Ishqida g’azal aytib bir necha kitob etding. Soqiy, berako’r ushbu nafas boda manga... Soqiy, berako’r ushbu nafas boda manga, Kim olam etar ming alam omoda manga. Ichmay ne sifat sog’ari gulrang seningdek, Hamdam esa bir gulruxi ozoda manga. Tarahhum qil mani mahzuni zora... Tarahhum qil mani mahzuni zora, Ayo ko’ngli qotig’ monandi xora. Firoqing tig’i birla, zy jafojo’, Bo’lubdur sarbasar ko’nglum chu yora. Beri kelkim, ayo mah, sandin o’zga Ko’ngulning mayli yo’h hech bir nigora. Judolig’ xanjaridin, ey sitamgar, G’ami hajringda siynam pora-pora. Mani daryoi mehnat g’arqa aylab, Nechun, jono, o’zing chekding kanora! Qilib lutfu karam bu lahza, soqiy, Qadah sun man hazinu badxumora. Topib komin, Avaz, olamda ahbob, Osilsun dushmanimning xayli dora. To bo’ldi bir oyni ishqig’a zor ko’ngul... To bo’ldi bir oyni ishqig’a zor ko’ngul, Andin beri subhu shom bemor ko’ngul. Ul nav’ etib o’zni giriftori firoq, Ming hasrat ila alamg’a duchor ko’ngul. To sharobi ishq keldi bisyor alaz... To sharobi ishq keldi bisyor alaz, Fahm aylamagusi oni hushyor alaz. Har talx doruki raf’i ranj o’lsa, Bilgaymu oni mizoji bemor alaz? Ul mahvashi cholok surub man sori ot... Ul mahvashi cholok surub man sori ot Qildi mani bir nigohi noz ila mamot. Hayhotki, qilmayin vafo naqdi hayot, Bo’ldum mani besabru xirad murda sifot. Ul yor mango gar aylasa jononlig... Ul yor mango gar aylasa jononlig’, — Topg’oy edi mushkilim bari osonlig’. Noseh degusidur, oni ishqin tark et, Dono eli ham etar ekan nodonlig’! Ushshoh eli qoshlarining yosidadur, a... Ushshoh eli qoshlarining yosidadur, a? Ehyolig’i ham la’lini anfosidadur, a? Ne olam ichin mushki muattar qachon aylar, Bu xislat oning zulfi mutarrosidadur, a? Ne kun qiladur tiyra kunim ravshanu purnur, Yorutmoq oni husni musoffosadadur, a? Dahr ahli dilin qumri kibi vola qilurg’a, Har yong’a ravonlig’ qadi zebosidadur, a? Oshiq biladur har sori yori qarag’on chog’ Nega qarayinkim oni savdosidadur, a? Jonimni berib yetsam ango man ne ajabkim, Borcha ango yetmakni tamannosidadur, a? Bilgilki, Avaz, ushbu jahon sho’xlarini, Ming sirri nihon ko’zlarin imosidadur, a? Visoli ichra bermakka murodim komyob aylab... Visoli ichra bermakka murodim komyob aylab, Raqibnn rashk o’tig’a bag’rini yaksar kabob aylab, Manga lutfu inoyotu karamlar behisob aylab, Tun oqshom keldi kulbam sori ul gulrux shitob aylab, Xiromi sur’atidin gul yuza xaydin gudob aylab. Paridek jilva birla ko’rguzub chobuklik ul dilbar, Yetushdi aylabon behaddu son nozu tag’ofillar, Olurg’a xasta ushshoq ahlining jonini sar-tosar, Chekib mujgoni shabravlar kabi jon qasdig’a xanjar Beliga zulfi anbarboridan mushkin tanob aylab. Bori so’zini ahli nazm nazmi silkiga terdi, Tutib ul mah vafo tavrini bu tun bazmima kirdi, Hamadin oni mushtoqi mani zoru hazin erdi, Kelib o’lturdiyu ilgim tutub yonida yer berdi, Takallum boshladi har lafzidin durri xushob aylab. Ko’rub boshimda olomu baliyat toshini xirman, Qilib mehru vafovu marhamat rasmini ul dam fan, Dedi la’li labin xandon etib ul sho’xi siymin tan, Ki, ey zoru balokash oshiqim, mansiz nechukdursan, Man o’ldim lol, ayta olmayin mayli javob aylab. Agarchi man bila may ichgali ul beibo quydi, Valea ag’yor elin jomig’a beintiho quydi, Maishat kosasig’a go’iyo obi baqo quydi, Chiqardi shishai may dog’i, bir sog’ar to’lo quydi, Ichib tutdi manga yuz nav’ nozoso itob aylab. Qilib komicha davron kimsani bu charxi axzar toq, Avaz yanglig’ bo’lur sarmast ham behushu bexudroq. Esa yoru anisi borho bir sho’xi siymin soq, Onikim eltgay vasl uyqusi ishrat tuni mundoq, Navoiydek yotar to subhi mahshar tarki xob aylab. Yerimg’a raqib mahfili manzil erur... Yerimg’a raqib mahfili manzil erur, Onlar bila hazzu behjati komil erur. Man xasta firoqi aro nokom, vale — Ondin borini komi dili hosil erur. Yor bir yo’l ko’zlarim yoshini silmaydur hanuz... Yor bir yo’l ko’zlarim yoshini silmaydur hanuz, Rashk ila shum muddaiy bag’rini tilmaydur hanuz, Shahdi la’lidin o’luk jismim tirilmaydur hanuz, G’unchalar ochildi, vah, ko’nglim ochilmaydur hanuz, Bulbul oso xotirim gul mayli qilmaydur hanuz. Qaddi yodidin chekarman nolai jonkohkim, Tortib anvoi sitam hajr ichra solu mohkim, Yo’q menga bir g’amgusoru munisu hamrohkim, Za’f aro ushshoqg’a ibrat bo’lubman, ohkim, Ko’zga ahvoli nizoriy yor ilmaydur hanuz, Olsa jonim ne ajab oning firoqining g’ami, Kim erur ul mah hamisha muddaiylar hamdami, Bovar etgil bu so’zimni gar esang xush odami, Pesha aylab charx zoli tinmayin tun-kun dami, Dilbarimcha javr oyining bilmaydur hanuz. Bo’lg’ali to orazing maftunu zoru muztari, Bo’lmadi bir dam balovu dard boshimdin bari, Qon qilib yosh o’rniga ikki ko’zimdin, ey pari, Yerni ashkim g’arq etib zo’r etdi ohim sarsari, Nedin erkandur falak toqi yiqilmaydur hanuz. Garchi bordur olam ichra qoshlari shamshir ko’p, Lek alar qilmas ul oydek ko’ngluma ta’sir ko’p, Intizoridin bo’lubman hajr aro dilgir ko’p. Va’dai vasl aylab erdi — ayladi ta’xir ko’p, YO ibo qildi va yo yodiga kelmaydur hanuz. Izlab oni, fikr raxshin har sori sursam netong, Ohu, faryodim yeti gardundin oshursam netong, Xanjari hasratni har dam ko’ksima ursam netong, Yuz nadomat birla emdi o’zni o’ltursam netong, Sajda qilmoqqa boshim bir bor egilmaydur hanuz. Vasl aro yuzlanmasun sol ila mah sargashtalik, Ne ajab yuzlansa furqat ichra gah sargashtalik, Kim Avaz ishq ichra tortar faqru shah sargashtalik, Ixtiyor etsa agar Munis yana sargashtalik, Pand qilmakim jununidin oyilmaydur hanuz. Yorab, mani ishq bandidin ayla xalos... Yorab, mani ishq bandidin ayla xalos. Ham yor sochin kamandidin ayla xalos. Zohid mango bergusidur ozor base, Bu lahza oni pandidin ayla xalos. — Source: https://wikisource.org (works of Avaz Oʻtar). Downloaded from uzbekai.com.