Dil ishqinga mubtalo bo’lubdur... Avaz Oʻtar Dil ishqinga mubtalo bo’lubdur, Ham rasmi vafo ongo bo’lubdur, Oini jafo sango bo’lubdur, Ko’zing ne balo qaro bo’lubdur, Kim jong’a qaro balo bo’lubdur. Kelsa qilay ul sanam liqodin, Ko’nglin uzub ahli bevafodin, Ishqi aro zoru mubtalodin, Begona bo’lubdur oshnodin, Begonag’a oshno bo’lubdur. Bo’lsa, ne tong, ahli dahr qurbon, Kim lab ango misli g’uncha xandon, Oraz dog’i hamchu mohi tobon, Ishq ichra oning fidosi yuz jon, Har jonki ongo fido bo’lubdur. Hijron aro cheksa ko’b jafoni, Demayki jafo, tuman baloni, Fosh aylabon oini vafoni, Baho topar ulki bo’ldi foni, Rahravga fano baqo bo’lubdur Dilduz, base, rivoyati ishq, Jonso’z, Avaz, hikoyati ishq, Bu nav’ durur nihoyati ishq, To tuzdi Navoiy oyati ishq, Ishq ahli ango navo bo’lubdur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Dil_ishqinga_mubtalo_bo%E2%80%99lubdur.... Downloaded from uzbekai.com.