Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim... Avaz Oʻtar Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim, Bo’lib qurbon anga ruhi ravonim. Gar o’lsam darbadar mazlumlar uchun, Budur maqsudi qalbi notavonim. Mani solsa fano yo’liga davron, Yurur ustimdin avlodi zamonim. Umidim: yashasin maktab bolasi, Alar har biri bir she’ri jayonim. Na yaxshi o’ylakim, ma’qul-u manzur, Avaz, xalqim uchun to’kulsa qonim. — Source: https://wikisource.org/wiki/Fidoyi_xalqim_o%E2%80%99lsun_tanda_jonim.... Downloaded from uzbekai.com.