Har tilni biluv emdi bani odama jondur... Avaz Oʻtar Har tilni biluv emdi bani odama jondur, Til vositai robitai olamiyondur. G‘ayri tilini sa’y qiling bilgani, yoshlar, Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur. Lozim siza har tilni biluv ona tilidek, Bilmakka oni g‘ayrat eting foida kondur. Ilm-u fan uyig‘a yuboringlar bolangizni, Onda o‘qug‘onlar bori yaktoyi zamondur. Zor o‘lmasun onlar dog‘i til bilmay Avazdek, Til bilmaganidan oni bag‘ri to‘la qondur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Har_tilni_biluv_emdi_bani_odama_jondur.... Downloaded from uzbekai.com.