Nigorim ketgali aylar bahona... Avaz Oʻtar Nigorim ketgali aylar bahona, G’am o’qig’a mani aylar nishona. Dedim: «Qilg’il hadaf man notavonni Otarda novak ul abru kamona». Nuzul etgusi har dam charxi dundin Boshimg’a fitna xayli bekarona. Netongkim, bandasi gar bo’lsa Zuhra, Rubobu chang ila qilg’ach tarona. Ochib husnidin olam rang-barang gul, Fig’onim qilg’usidur bulbulona. Agarchi husn aro ma’shuqi olam, Vale majlis tuzarda oshiqona. Qetarman deb raqibi shum sori Ko’zimning qildi qon yoshin ravona. Pari erdimu bilmon ul dilorom, Ki ko’zdin lahzada bo’ldi nihona. Savor o’lg’on chog’i noz ashhabig’a, Ko’zimdin ashk to’kdim dona-dona. Nechuk zor o’lmayin man benavokim, Ul o’lsa xo’blar ichra yagona. Avaz, gar dod qilsam, ne ajabkim Bo’lubdur munqalib ahli zamona. — Source: https://wikisource.org/wiki/Nigorim_ketgali_aylar_bahona.... Downloaded from uzbekai.com.