Tarahhum qil mani mahzuni zora... Avaz Oʻtar Tarahhum qil mani mahzuni zora, Ayo ko’ngli qotig’ monandi xora. Firoqing tig’i birla, zy jafojo’, Bo’lubdur sarbasar ko’nglum chu yora. Beri kelkim, ayo mah, sandin o’zga Ko’ngulning mayli yo’h hech bir nigora. Judolig’ xanjaridin, ey sitamgar, G’ami hajringda siynam pora-pora. Mani daryoi mehnat g’arqa aylab, Nechun, jono, o’zing chekding kanora! Qilib lutfu karam bu lahza, soqiy, Qadah sun man hazinu badxumora. Topib komin, Avaz, olamda ahbob, Osilsun dushmanimning xayli dora. — Source: https://wikisource.org/wiki/Tarahhum_qil_mani_mahzuni_zora.... Downloaded from uzbekai.com.