Kun o‘lsa eldin o‘zumni kanora aylarman... Azimiy Kun o‘lsa eldin o‘zumni kanora aylarman, Tun o‘lsa zamzamini oshiqona aylarman. Kuyub tushar to falakda sitoralar tong yo‘q Bu rohlarga g‘amingdin shabona aylarman. Yo‘lingda yig‘lay-yig‘lay oqardi ko‘z oxir El ichra o‘zga marazni bahona aylarman. Malomat toshi ila ta’n o‘qlari ko‘ksimni Saning uchun necha yildurki nishona aylarman. Yo‘luqsa ahli muhabbat urarman oldida oh Na ohkim, sani darding fasona aylarman. Maqomi manzili faqr ahli xonaqoh ermish Aning chu xizmati bu korxona aylarman. Qalandarona o‘tay deb, Azim, bu olamdin Hilofi odati ahli zamona aylarman. — Source: https://wikisource.org/wiki/Kun_o%E2%80%98lsa_eldin_o%E2%80%98zumni_kanora_aylarman.... Downloaded from uzbekai.com.