So‘rmas holim yorima bir muddao bo‘ldi magar... Azimiy So‘rmas holim yorima bir muddao bo‘ldi magar, Yo o‘zumni shumlig‘im boshga balo bo‘ldi magar. Aylabon yorni so‘rog‘im darbadarlikda yurub Tinmadi devona ko‘nglum benavo bo‘ldi magar. Yorsiz turmoqqa toqat (yo‘q) yetarg‘a holatim Ko‘rqadurmankim, bu dardim bedavo bo‘ldi magar. Necha yillardurki istab topmadim yor vaslini Hajrida o‘lmakligim hukmi qazo bo‘ldi magar. Dambadam o‘rtar edi o‘tlug‘ firoqi bag‘rimi Oqibat yiqti mani kam-kam ado bo‘ldi magar. Jabbani jon birla qo‘yg‘ach yorni dargohiga Tindi ko‘nglum, ey Azim, sandin rizo bo‘ldi magar. — Source: https://wikisource.org/wiki/So%E2%80%98rmas_holim_yorima_bir_muddao_bo%E2%80%98ldi_magar.... Downloaded from uzbekai.com.