Tokay sani g‘amingda man ohu navo qilay... Azimiy Tokay sani g‘amingda man ohu navo qilay, Ko‘rsat yuzingni bir yo‘la jonim fido qilay. Begona etdim hamadin o‘zni ey pari Hargiz bu telbani demading oshno qilay. O‘tdi tamom umr sanga arzi hol etib Hech demadingki, birgina hojat ravo qilay. Man garchi tole’im badidin so‘rmasang mani Man qatra jon boricha sanga iltijo qilay. Tifli bahona chu kabi sansiz yuponmayur Tokay bu telba ko‘nglim ila mojaro qilay. Har odameda bosh biru savdosi boshqadur Man istaram boshni sanga xokpo qilay. Miskin Azim qulingni qulidur itlaring iti Topsam alarni izlarini to‘tiyo qilay. — Source: https://wikisource.org/wiki/Tokay_sani_g%E2%80%98amingda_man_ohu_navo_qilay.... Downloaded from uzbekai.com.