Aylab shior shevai bedod ko‘zlaring... Bayramxon Aylab shior shevai bedod ko‘zlaring, Olamni qatl ayladi jallod ko‘zlaring. Islom kishvarida baraftod ayladi, Oyini adlu qoidai dod ko‘zlaring. Etmas edi burung‘i balosiki, g‘amzadin Kasb ayladi tariqai bedod ko‘zlaring. Ahli huzur xotirini sayd qildilar, Sayyodlig‘ tariqida ustod ko‘zlaring. Bo‘ldi yaqin zuhuri qiyomatki, bo‘ldilar, Iki g‘izol ekach iki sayyod ko‘zlaring. Xush ul zamonki, bir nazari marhamat bila, Qilg‘on ko‘ngulni qayg‘udin ozod ko‘zlaring. Chun tark ayladi nazari lutf odatin, Bayramni qildi g‘am bila mu’tod ko‘zlaring. — Source: https://wikisource.org/wiki/Aylab_shior_shevai_bedod_ko%E2%80%98zlaring.... Downloaded from uzbekai.com.