Azbaski mehring ozlig‘idin beqarormen... Bayramxon Azbaski mehring ozlig‘idin beqarormen, Har lahza ohu nolada beixtiyormen. Men zori beqarorg‘a rahm etki, muttasil, Ishqingda beqaroru firoqingda zormen. Miskinu, xoksoru g‘aribiga rahmi yo‘q, Miskin menu g‘aribe menu xoksormen. Borimda bar xotir emas g‘ayr ta’nasi, Chun har ne aytadur meni, yuz oncha bormen. Doim jununu xalq aro Majnuncha shuhratim, Rasvolig‘im ne aybki, devonavormen. Qulluqqa garchi ma’siyatim barkamoldur, Ammo kamol avjidin umidvormen. Bayram jahonda hech kishiga qo‘ymon e’tibor, Topsam habib hazratida e’tibor men. — Source: https://wikisource.org/wiki/Azbaski_mehring_ozlig%E2%80%98idin_beqarormen.... Downloaded from uzbekai.com.