Bodaikim ichtim ul sho‘xi sitamkor ilkidin... Bayramxon Bodaikim ichtim ul sho‘xi sitamkor ilkidin, To hayotim bordurur kayfiyatim bor ilkidin. Ilkima olib ayog‘ bordim ilikdin bir yo‘li, Botrog‘ ich deb, chun ishorat qildi izhor ilkidin. Shisha yanglig‘ qon to‘kub, sog‘ar kibi qondur ichim, To o‘libtur shishau sog‘ar namudor ilkidin. Ko‘rmayin ilkiga har dam el ko‘zi tushmakni deb, Bordurur qonlig‘ ko‘zum payvasta xunbor ilkidin, Masti loyaqil bo‘lur ermish tamomi umrida, Bsdilikim, jur’aye no‘ga etsa dildor ilkidin. Na, nechuk men umrlar mast o‘lmayin, ey do‘stlar, Kim, ichibmen maylar ul sho‘xi jafokor ilkidin. Bayram, ul davr o‘ttiyu o‘lturdi bu hasrat meni Kim, yana bir jur’aye no‘sh etmadim yor ilkidin. — Source: https://wikisource.org/wiki/Bodaikim_ichtim_ul_sho%E2%80%98xi_sitamkor_ilkidin.... Downloaded from uzbekai.com.