Ey bexabarim, xoh inon, xoh inonma... Bayramxon Ey bexabarim, xoh inon, xoh inonma, Kuydi jigarim, xoh inon, xoh inonma. Garchi guzaring yo‘q manga, billahki, sendin Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma. Yuz fitna ko‘zu zulfung aro chin topilibtur, Ey fitnagarim, xoh inon, xoh inonma. Sen bo‘lg‘ali manzur mahu mehrg‘a hargiz — Tushmas nazarim, xoh inon, xoh inonma. Sendin xabarim bo‘lg‘ali, haqqoki, o‘zimdin Yo‘qdur xabarim, xoh inon, xoh inonma. Yo‘q sencha kishi sevguluk el ichraki, yo‘qtur Sendek sevarim, xoh inon, xoh inonma. Bayram kibi yakson kechadur zulfu yuzungdin Shomu saharim, xoh inon, xoh inonma. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_bexabarim%2C_xoh_inon%2C_xoh_inonma.... Downloaded from uzbekai.com.