Ey jafojo‘ g‘ayr birla oshnoliq qilmag‘il... Bayramxon Ey jafojo‘ g‘ayr birla oshnoliq qilmag‘il, Oshno bo‘lg‘an yoronlardin judoliq qilmag‘il. Oshnolig‘ yaxshidur, lekin yamondur el tili, Tilg‘a tushgan xalq birla oshnolig‘ qilmag‘il. Bevafolig‘ garchi husn ahlig‘a rasmedur qadim, Sen ularg‘a o‘xshamassen, bevafolig‘ qilmag‘il. Beadoliqdur vafo tark aylamak husn ahlig‘a, Bevafoliq tarkin ayla, beadoliq qilmag‘il. Bayramo, chun e’tiboring yo‘qturur yor olida, Ko‘rsatib anga o‘zungni xudnamoliq qilmag‘il. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_jafojo%E2%80%98_g%E2%80%98ayr_birla_oshnoliq_qilmag%E2%80%98il.... Downloaded from uzbekai.com.