Ey ko‘ngul, mujdakim, ul sarvi xiromon keladur... Bayramxon Ey ko‘ngul, mujdakim, ul sarvi xiromon keladur, Yangi boshdin tani afsurdam aro jon keladur. Yana ko‘zum uchadur shodlig‘ ashkini to‘kub, Magar ul mardumaki diydai giryon keladur… Yana tan shahrida oyini ajabdurki, bu kun, Ulki bor erdi ko‘ngul mulkida sulton keladur. Garchi ko‘p dard chekib o‘lgani yetdim g‘amidin, Shukrlillahki, bori dardima darmon keladur. Siyna xilvatgahini xoli eting, jonu ko‘ngul Ki, bu manzilg‘a bukun o‘zgacha mehmon keladur. Ko‘zlarim har nafase telmuradur yo‘lg‘a boqkb, To xabar keldikim, ul xusravi xubon keladur. Lek tole’ yo‘qidin har nechakim payki sabo Yugurub, mujda berib chin desa, yolg‘on keladur. Bayramo, solma ko‘ngul hajri parishonlig‘idnn, Bilki, jam’iyati dilhoyi parishon keladur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_ko%E2%80%98ngul%2C_mujdakim%2C_ul_sarvi_xiromon_keladur.... Downloaded from uzbekai.com.