Eykim, hamisha dardu g‘amingdin halokmen... Bayramxon Eykim, hamisha dardu g‘amingdin halokmen, Darding eshitgali ne balo dardnokmen. Gah xanjari firoqing ila dilafgor o‘lub, Gah tig‘i ishtiyoqing ila siynachokmen. Gohi qilib havoyi visoling, topib hayot, Gohi chekib jafoyi firoqing, halokmen. Gah qahr ila gudoxtai poki ishqmen, Gah lutf ila navoxtai ishqi pok men. Bayram ne til bila anga jonim fido demay, Yuz til bila chu qoyili ruhi fidok men. — Source: https://wikisource.org/wiki/Eykim%2C_hamisha_dardu_g%E2%80%98amingdin_halokmen.... Downloaded from uzbekai.com.