Fig‘onki, yor manga yor bo‘lmadi hargiz... Bayramxon Fig‘onki, yor manga yor bo‘lmadi hargiz, Anisi xotiri afgor bo‘lmadi hargiz. Kichik yoshida giriftorlar g‘amin ne bilur Ki, hech g‘amg‘a giriftor bo‘lmadi hargiz. Ne ayb forig‘ agar bo‘lsa zorlar g‘amidin, Birov firoqida chun zor bo‘lmadi hargiz. Manga muxolifat izhori qilmakim, mendin, Bajuz muvofiqat izhor bo‘lmadi hargiz. Ne umrdur buki Bayram jafo chekib umre, Inoyatingg‘a sazovor bo‘lmadi hargiz. — Source: https://wikisource.org/wiki/Fig%E2%80%98onki%2C_yor_manga_yor_bo%E2%80%98lmadi_hargiz.... Downloaded from uzbekai.com.