Har necha, ey bevafo, vaslingg‘a loyiq bo‘lmasam... Bayramxon Har necha, ey bevafo, vaslingg‘a loyiq bo‘lmasam, Ishq ahli bo‘lmayin ishqingda sodiq bo‘lmasam. Topmayin sendin murode e’tiqodim bo‘lmasa, Sen manga bo‘lg‘il muxolif gar muvofiq bo‘lmasam. Ishq olam qaydidin bo‘ldi xalosimg‘a sabab, Netkay erdim muncha mehnat birla oshiq bo‘lmasam. Qo‘yki, Bayramdek yiroqdin jilvai husnung ko‘ray, Har necha, ey bevafo, vaslingg‘a loyiq bo‘lmasam. — Source: https://wikisource.org/wiki/Har_necha%2C_ey_bevafo%2C_vaslingg%E2%80%98a_loyiq_bo%E2%80%98lmasam.... Downloaded from uzbekai.com.