Har so‘zki g‘arazgo‘ desa, ey yor, inonma... Bayramxon Har so‘zki g‘arazgo‘ desa, ey yor, inonma, Arbobi g‘araz so‘ziga zinhor inonma. Gar yetsa zohir qiladur ishqini elga, Billah, kishiga qilmadim izhor, inonma. Har dam sanga yuz so‘z meni mahrumdin aytib, Har so‘zda aning yuz g‘arazi bor, inonma. Billahki, ag‘yor so‘zi barcha g‘arazdur, Mendin sanga bir so‘z desa ag‘yor, inonma. Har necha jafo ko‘rsa vafo tarki qilurmu, Bayramki bilur o‘zni vafodor, inonma. — Source: https://wikisource.org/wiki/Har_so%E2%80%98zki_g%E2%80%98arazgo%E2%80%98_desa%2C_ey_yor%2C_inonma.... Downloaded from uzbekai.com.