Hargiz meni tarahhum ila yod qilmading... Bayramxon Hargiz meni tarahhum ila yod qilmading, Mahzun ko‘ngulni qayg‘udin ozod qilmading. Dard ahlidek mulohazai xotirim qilib, Qo‘nglimni bir inoyat ila shod qilmading. Ochilmadi yuzung gulidin g‘unchadek ko‘ngul Kim, hajr sarsari bila barbod qilmading Olamda lafzi besanade hech qolmadi Kim, ishq elig‘a ani isnod qilmading. Har lahza yuz imorati xotir qilib xarob, Hargiz binoyi marhamat obod qilmading. Bas qil, yo‘q ersa tonglaki insof vaqtidur, Faryod aylagaymenki, ne bedod qilmading? Bayram, ne so‘zdururki seni yod qilmag‘ay, Gar yod aylading ani faryod qilmading. — Source: https://wikisource.org/wiki/Hargiz_meni_tarahhum_ila_yod_qilmading.... Downloaded from uzbekai.com.