Jon topti e’tidol kadingdek niholdin... Bayramxon Jon topti e’tidol kadingdek niholdin, Yorab, tajovuz aylamasun e’tidoldin. Ul bel taxayyulida xayoli bo‘lub ko‘ngul, Aning xayoli chiqmadi hargiz xayoldin. Har kimki, baidu qurb hijobini qnldi raf’, G‘amginu shod bo‘lmadi hajru visoldin. Qilsang jamoli shohidi g‘aybi ko‘rarga jahd, Jahd ila munqate’ bo‘lako‘r johu moldin. Bayram, habib kilmadi holingga nltifot, Bo‘lg‘aymu hech hol yamonrog‘ bu holdin. — Source: https://wikisource.org/wiki/Jon_topti_e%E2%80%99tidol_kadingdek_niholdin.... Downloaded from uzbekai.com.