Joni shirinim u la’li nuktadoning sadqasi... Bayramxon Joni shirinim u la’li nuktadoning sadqasi, Vah, ne bir jon, balki yuz jon bo‘lsa oning sadqasi Sen dag‘i bir no‘shlab ishqida mendek zorsen, Zor ko‘nglumga tarahhum ayla joning yeadqasi. Deding, evrulma boshimg‘akim, ravon men telbaga, Sen ravon bo‘l, men bo‘lay sarvi ravoning sadtsasi. Ham Xizr suyi labi jonbaxshingga bo‘lsun fido, Ham Masih anfosi jonbaxsh bayoning sadqasi. Bayram, o‘lma talxkom ar joni shirin bo‘lmasa, Joni shirining, buti shirin zaboning sadqasi. — Source: https://wikisource.org/wiki/Joni_shirinim_u_la%E2%80%99li_nuktadoning_sadqasi.... Downloaded from uzbekai.com.