Ko‘zum uchadur to ko‘ra olg‘ay asar andin... Bayramxon Ko‘zum uchadur to ko‘ra olg‘ay asar andin, Ko‘nglum o‘sadurkim, ola olg‘ay xabar andin. Vahkim, nazarim o‘trusida jilvagar ermas. Ulkim, ko‘tara olmas edim bir nazar andin. La’li o‘ti gulguna sirishkimni qilur tez, Zohir bo‘ladur qatraye xuni jigar andin. Bunyodi balo qilmadi to‘foni sirishkim, Kim yer ila ko‘k bo‘lmadi zeru zabar andin. Bayramki, so‘rog‘ aylar edi og‘zi nishoni, La’lini so‘rub bo‘ldi so‘zi muxtasar andin. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%98zum_uchadur_to_ko%E2%80%98ra_olg%E2%80%98ay_asar_andin.... Downloaded from uzbekai.com.