Ne deb, ey nozanin, mendnn maloling bor, bilmasmen... Bayramxon Ne deb, ey nozanin, mendnn maloling bor, bilmasmen, Nedin, yorab, yetibtur ko‘nglunga ozor, bilmasmen. Maloling zohiru bilmay sabab jon yetti og‘zima, Nechuk jon zltayin gar qilmasang izhor, bilmasmen. Kirib dushman so‘ziga do‘st bilmaysen meni, lekin, Xudo hozirdurur men sendin o‘zga yor bilmasmen. Ne qildim, ne xato voqe’ bo‘lubtur, vah, ne so‘z debmen, Ki, so‘z qotmas manga ul la’li shakkarbor, bilmasmen. Havas qildim ani tush ko‘rmak, ammo tushda ko‘rgaymen, Chu hargiz tushda ham baxtim ko‘zin bedor bilmasmen. Ne tong gar g‘ayr birla hamdam o‘lsa ul guli ra’no, Jahon bog‘i aro chun bir guli bexor bilmasmen. Bu qatla bir parining ishqidin ko‘p zorsen, Bayram, Seni hargiz birov ishqida mundoq zor bilmasmen. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ne_deb%2C_ey_nozanin%2C_mendnn_maloling_bor%2C_bilmasmen.... Downloaded from uzbekai.com.