Necha, ey gul, visoling bazmidin mahrum bo‘lg‘aymen... Bayramxon Necha, ey gul, visoling bazmidin mahrum bo‘lg‘aymen, Tnlarmen tengridinkim, bir yo‘li ma’dum bo‘lg‘aymen. Gulistoni jamoling birla el masrur, vah, tokay Meni mahzun malomat kunjida mag‘mum bo‘lg‘aymen? Men erdim mahramu ag‘yor mahrum erdilar, jono, Bo‘lub ag‘yor mahram, men ne deb mahrum bo‘lg‘aymen? Vafog‘a ot chiqardim ko‘p jafo tortib, zihi, davlat Ki, ahli ishq aro bu ismg‘a mavsum bo‘lg‘aymen. Base g‘amlar ko‘rub, jonlar chekib majhulmen, Bayram, Magar jon topshurub yor olida ma’lum bo‘lg‘aymen. — Source: https://wikisource.org/wiki/Necha%2C_ey_gul%2C_visoling_bazmidin_mahrum_bo%E2%80%98lg%E2%80%98aymen.... Downloaded from uzbekai.com.