Nigoro, bir yo‘li men zordin bezorliq qilma... Bayramxon Nigoro, bir yo‘li men zordin bezorliq qilma,. Meni mahrum etib ag‘yor birla yorliq qilma. Ko‘ngul berdim sanga dildor deb tengri uchun, ey gul, Mening ko‘nglum olib ag‘yorg‘a dildorliq qilma. Qadimiy qullaring berahlig‘idin nechakim bo‘lmish Muborak xotiring ozorliq, bezorliq qilma. Men ul gul ishqidin qonlar yutub rozimni fosh etmon, Sen, ey ko‘z, dam-badam ifsho uchun xunborliq qilma. Raqibo, xotirim ozurdadur hijron xaroshidin, Durusht aytib meni og‘ritma, nohamvorliq qilma. Tilab dildorni zori qilursen mendek, ey Bayram, Buzug‘dur xotirim, tengri uchun bu zorliq qilma. — Source: https://wikisource.org/wiki/Nigoro%2C_bir_yo%E2%80%98li_men_zordin_bezorliq_qilma.... Downloaded from uzbekai.com.