Pariruxo, yana qayga havo qilib borasen... Bayramxon Pariruxo, yana qayga havo qilib borasen Ki, telbalarni ajab benavo qilib borasen, Fig‘onki, o‘q kibi tashlab yiroq visolingdin, Firoq ilkida qadimni yo qilib borasen. Ko‘ngul sinuqturu, yo‘q toqati jafo lekin, Shikasta ko‘ngluma, jono, jafo qilib borasen. Visol davlatidin ayirib meni, vahkim^ Firoq mehnatig‘a mubtalo qilyb borasen. Vafolig‘ el aro men zorni sog‘insa bo‘lur, Chu itlaringg‘a meni oshno qilib borasen. Safoyi majlisi ishrat senng huzuring edi, Huzur majlisini besafo qilib borasen. Meni bu mehnat aro norizo qo‘yub bording, Vale raqibni o‘zdin rizo qilib borasen. Bu tavr qilmag‘il, ey g‘ul, vafo tariqi emas Ki, bulbulungni asiri balo qilib borasen. Borib nigoringu yuz so‘z ila qolib Bayram, Firoq hirqatidin o‘tg‘a yoqilib borasen. — Source: https://wikisource.org/wiki/Pariruxo%2C_yana_qayga_havo_qilib_borasen.... Downloaded from uzbekai.com.