Sarveki, lutf bog‘ida nozuk niholi bor... Bayramxon Sarveki, lutf bog‘ida nozuk niholi bor, Nozuk niholining ne balo e’tidoli bor. Qaddi bila belini taxayyul qilur ko‘ngul, Nozuk xayoli bor uni, nozuk xayoli bor. Gulningki, yuz tajammuli bor husn bog‘ida, Ul gulni ko‘rgali yuzidin infioli bor. Dedimki, «Bizga boqmog‘ining ehtimoli yo‘q», Boqib tabassum ayladikim: «Ehtimoli bor». Bayramki, xurdabinlig‘ aro mo‘shikof erur, Og‘zi bila beli so‘zida qiylu qoli bor. — Source: https://wikisource.org/wiki/Sarveki%2C_lutf_bog%E2%80%98ida_nozuk_niholi_bor.... Downloaded from uzbekai.com.